Italiya va Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqda

Italiya va Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqda

Italiya va Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” biznes-forumida ishtirok etish uchun Italiya Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Franchesko Lollobrijida Toshkent shahriga tashrif buyurdi.

Yuksak martabali mehmonni qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rasmiy ravishda kutib oldi.

Forum “Barqaror agroekotizimlar uchun innovatsiyalar, regenerativ qishloq xo‘jaligi va raqamlashtirish” mavzusiga bag‘ishlanib, unda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, suv va resurslardan samarali foydalanish hamda agrosohada raqamli transformatsiyani jadallashtirish masalalari muhokama qilinadi.

Tadbir doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda strategik va o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishish kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling