Valyuta kurslari 11/03/2026
$1 – 12158.13
UZS – -0,27%
€1 – 14166.65
UZS – 0,39%
₽1 – 153.98
UZS – -0,14%
Qidirish
IT-visa berish uchun bir qator yangi talablar belgilandi

IT-visa berish uchun bir qator yangi talablar belgilandi

IT-visa berish uchun bir qator yangi talablar belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga tavsiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Unga ko‘ra, quyidagi shaxslarga ham IT-visa beriladi:

axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga;

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari), ularning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi hamda ularning o‘rinbosarlariga;

Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi bo‘lgan startap loyihalar taʼsischilari (ishtirokchilariga) va mutaxassislariga;

oliy taʼlim tashkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DsC) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan xorijlik professor-o‘qituvchilariga.

Shunindek, IT-visa berish uchun bir qator yangi talablar belgilandi. Jumladan:

xorijiy investor – O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxsni 30 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda moliyalashtirishni amalga oshiruvchi yoki ushbu yuridik shaxsning ustav fondidagi ulushi miqdori kamida 30 ming AQSH dollarini tashkil etishi;

Texnopark rezidentining taʼsischisi – Texnopark rezidenti maqomini olgan yuridik shaxsning taʼsischisi (ishtirokchisi) bo‘lgan va ushbu yuridik shaxsning ustav fondidagi ulushi miqdori kamida 30 ming AQSH dollarini tashkil etadigan jismoniy shaxs bo‘lishi belgilandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling