IT Park iyun oyida 58 ta yangi eksportga yo‘naltirilgan kompaniya bilan boyidi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Iyun oyida IT Park tarkibiga eksportga ixtisoslashgan yana 58 ta yangi texnologik kompaniya qo‘shildi. Bu haqda texnopark matbuot xizmati xabar berdi.
Ulardan yarmi — 29 ta kompaniya — xorijiy sarmoya ishtirokida tashkil etilgan bo‘lib, ularning taʼsischilari Vengriya, Portugaliya, Ruminiya, BAA, Turkiya, Indoneziya, Yaponiya va boshqa mamlakatlardan.
Iyun oyi yakuniga kelib, IT Park‘dagi eksportga yo‘naltirilgan rezidentlar soni 750 taga yetdi, shulardan 228 tasi Toshkentdan tashqari hududlarda faoliyat yuritmoqda. Ushbu kompaniyalardan 776 tasi xorijiy firmalar bo‘lib, shularning 206 tasi viloyatlarda joylashgan.
Texnopark direksiyasi qator rezidentlarning yuqori eksport salohiyatiga ega ekanini taʼkidladi. Xususan:
Mont Tech Systems (BAA sarmoyasi) Tojikiston mijozlari uchun SaaS xizmatlari va IT-konsalting orqali 8,5 million dollarlik eksportni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Ruby Talent Solutions (Portugaliya va Vengriya sarmoyasi) AQSH bozori uchun masofaviy jamoalarni tanlash va boshqarish bo‘yicha autsorsing xizmatlari ko‘rsatadi, 1 yilda 3 million dollardan ortiq eksport kutilmoqda.
Accesa (Ruminiya kompaniyasining “dochka”si) dasturiy taʼminot yaratish, IT-konsalting va dizayn xizmatlarini Ruminiya va Germaniya mijozlariga taqdim etadi. Bir yilda 2,2 million dollarlik eksport va 40 tagacha ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Guaraqe (Braziliya) AQSH bozori uchun dasturiy taʼminot ishlab chiqish va texnik xizmat ko‘rsatish orqali 1,5 million dollarlik eksportga erishishni maqsad qilgan.
2025 yilning dastlabki besh oyida IT Park‘da 636 ta yangi kompaniya ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, 284 tasi eksportga yo‘naltirilgan. Ulardan 164 tasi xorijiy taʼsischilar ishtirokida tashkil etilgan.