Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
Iqtisod 17/02/2025 Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Sug‘urta nazoratchilari xalqaro uyushmasi (IAIS) bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Sug‘urta nazoratchilari xalqaro uyushmasi (IAIS) bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Agentlik) delegatsiyasining Xalqaro sug‘urta nazoratchilari uyushmasiga (IAIS) muhim tashrifi amalga oshirildi. Taʼkidlab o‘tish kerakki, mazkur tashrif O‘zbekiston sug‘urta sohasidagi vakolatli organining IAISga birinchi tashrifi hisoblanadi.

Globallashuv va iqtisodiyotning o‘zaro bog‘liqligi o‘sib borayotgan sharoitda Agentlik milliy sug‘urta bozorining barqarorligi va ishonchliligini hamda uning xalqaro tizimga qo‘shilishini taʼminlash uchun muhim choralarni ko‘rmoqda.

Bu yo‘nalishda Agentlikning Xalqaro sug‘urta nazoratchilari uyushmasi bilan hamkorligi muhim o‘rin tutadi.

Maʼlumot uchun: xalqaro sug‘urta nazoratchilari uyushmasi (IAIS) turli mamlakatlarning sug‘urta sohasidagi vakolatli va nazorat organlarinini birlashtirgan xalqaro tashkilotdir. Uyushma 1994 yilda tashkil etilgan. IAIS global sug‘urta bozorining barqarorligi va ishonchliligini taʼminlashda, shuningdek xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda, standartlarni ishlab chiqishda va sug‘urta nazoratini takomillashtirish bo‘yicha mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi.

IAIS bosh direktori bilan uchrashuvda IAISning 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan strategik rejasi muhokama qilindi va Agentlikka xalqaro standartlarni joriy etishda texnik yordam ko‘rsatish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Shuningdek, IAIS qo‘mitalari rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «SOLVENCY II» – xalqaro standartini joriy etish, milliy sug‘urta bozorini tartibga solishda tavakkalchilikga asoslangan yondashuvning jihatlari ko‘rib chiqildi. Bu yondashuv tavakkalchiliklarni samarali boshqarish orqali ehtimoliy yo‘qotishlarda sug‘urta kompaniyalarining barqarorligini oshirishini taʼminlaydi.

Xalqaro amaliyotlar va standartlarni joriy etish sug‘urta xizmatlari sifatini yaxshilashga, fuqarolarning sug‘urta kompaniyalariga bo‘lgan ishonchini oshirishga, shuningdek, iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va milliy sug‘urta bozorining barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling