Valyuta kurslari 19/01/2026
$1 – 11962.78
UZS – -0,06%
€1 – 13887.59
UZS – -0,29%
₽1 – 153.94
UZS – 0,9%
Qidirish
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi SEMURG INSURANCE AJ litsenziyasini 10 kunga to‘xtatdi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi SEMURG INSURANCE AJ litsenziyasini 10 kunga to‘xtatdi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi SEMURG INSURANCE AJ litsenziyasini 10 kunga to‘xtatdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi SEMURG INSURANCE aksiyadorlik jamiyati litsenziyasining amal qilishi vaqtincha to‘xtatilganini maʼlum qildi. Qaror 2026 yil 19 yanvardan kuchga kirib, 10 kun muddatga belgilangan. Kompaniyaga 2025 yil 7 oktyabrda 1081744-sonli litsenziya berilgan edi.

Litsenziya amal qilishi to‘xtatilgan davrda SEMURG INSURANCE AJga yangi sug‘urta va qayta sug‘urtalash shartnomalarini tuzish, shuningdek amaldagi shartnomalarni uzaytirish taqiqlanadi. Shu bilan birga, kompaniya ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘liq hajmda bajarishi shart.

Agentlik xabarida sug‘urta xizmatlari isteʼmolchilariga litsenziya vaqtincha to‘xtatilishiga asos bo‘lgan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar SEMURG INSURANCE bilan yangi shartnomalar tuzmaslik tavsiya etilgan.

Litsenziya amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 47-moddasi, «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi qonunning 32-moddasi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Yagona nizomning 41-bandi asosida qabul qilingan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling