Istiqbolli loyihalar milliy agentligi kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlarini litsenziyalashda asoslantirilgan mulohazadan foydalanadi
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlarini litsenziyalashda asoslantirilgan mulohazadan foydalanadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Adliya vazirligi Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3380-2, 2026 yil 28 fevral).
Unga ko‘ra, asoslantirilgan mulohaza – qonunchilikda belgilangan talablarga qo‘shimcha ravishda litsenziyalovchi organ tomonidan qo‘llaniladigan, ko‘rib chiqilayotgan masalaning haqiqiy mazmuni rasmiy mazmunidan ustuvorligini nazarda tutuvchi professional baholash hisoblanadi.
Asoslantirilgan mulohaza litsenziyalovchi organ xizmatlar provayderlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish doirasida olingan axborotga, jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlardan, davlat organlaridan, shu jumladan chet el nazorat organlari hamda tashkilotlaridan, boshqa ochiq manbalardan olingan va asoslantirilgan mulohazani shakllantirish uchun muhim bo‘lgan boshqa axborotga asoslanadi.
Litsenziyalovchi organning asoslantirilgan mulohazasi litsenziyani berish to‘g‘risidagi arizani rad etish uchun asos bo‘ladi.