Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Isteʼmolchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 martdan:
boshlab raqamli markirovka tizimi joriy qilingan tovarlarning yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa, ularning savdosi ushbu tizim orqali avtomatik ravishda cheklanadi.
Bunda raqamli markirovkalangan muddati o‘tgan tovarlarga nazorat-kassa texnikalarida xarid cheki chiqarilmaydi.
2025 yil 15 oktyabrdan 2027 yil 1 yanvarga qadar tajriba tariqasida nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan isteʼmolchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda “sirli mijoz” va nazorat xaridi tadbirlarini o‘tkazish tartibi joriy etiladi.
Isteʼmolchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish maqsadida 2025 yil 1 dekabrdan boshlab “isteʼmolchi–tadbirkor–nodavlat notijorat tashkilotlar–davlat organlari” tizimi joriy etiladi.