Valyuta kurslari 17/10/2025
$1 – 12160.99
UZS – -0,59%
€1 – 14178.50
UZS – -0,39%
₽1 – 153.92
UZS – -0,59%
Qidirish
Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish bo‘yicha xavfni tahlil etish avtomatlashtiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori bilan “Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish bo‘yicha xavfni tahlil etish avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish tartibi to‘g‘risida ”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish bo‘yicha xavfni tahlil etish avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish tartibini belgilaydi.

Nizom talablari:

isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga;

isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini eksport va import qilish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish

va realizatsiya qilish bosqichlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Xavf darajasini tahlil qilish jarayonida tadbirkorlik subyekti faoliyatini to‘xtatib turish yoki unga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi.

Xavflilik darajasidan kelib chiqib, tadbirkorlik subyektlari

uch toifaga bo‘linadi:

huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subyekti;

huquqbuzarlik sodir etish xavfi o‘rtacha bo‘lgan tadbirkorlik subyekti;

huquqbuzarlik sodir etish xavfi past bo‘lgan tadbirkorlik subyekti.

Xavf darajasi yuqori bo‘lmagan tadbirkorlik subyektiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida ularga yo‘l qo‘ymaslik borasida shaxsiy kabinet orqali yozma ravishda xabarnoma (ogohlantirish) yuboriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling