Valyuta kurslari 04/03/2026
$1 – 12209.86
UZS – 0,16%
€1 – 14170.76
UZS – -0,93%
₽1 – 157.53
UZS – 0,03%
Qidirish
Istanbuldagi O‘zbekiston konsulxonasi Sayyora Ergashaliyeva va Durdona Hakimovaning o‘ldirilishi bilan bog‘liq ishni nazorat qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasining Istanbuldagi konsulxonasi jazoni ijro etish muassasasida Sayyora Ergashaliyeva va Durdona Hakimovaning o‘limiga aloqadorlikda ayblanayotgan D. Turdimurotov va G. Kamolxojayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ishning adolatli ko‘rib chiqilishini taʼminlash maqsadida konsulxona «O‘zbek ayollari huquqlarini himoya qilish» jamoat tashkiloti bilan hamkorlikda tergov jarayoni ustidan nazoratni amalga oshirish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda. Sodir etilgan jinoyat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi konsulxona tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Shuningdek, «O‘zbek ayollari huquqlarini himoya qilish» tashkiloti bilan hamkorlikda konsulxona S. Ergashaliyevaning ota-onasiga to‘liq konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatdi hamda ularning O‘zbekistonga qaytib kelishini taʼminladi. Ushbu chora-tadbirlar fuqarolar huquqlarini himoya qilish va fojiali hodisa bo‘yicha tergov doirasida adolat tamoyillariga rioya etishga qaratilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling