Valyuta kurslari 14/10/2025
$1 – 12149.55
UZS – 0,07%
€1 – 14087.40
UZS – 0,24%
₽1 – 150.44
UZS – 0,69%
Qidirish
Istanbulda uyidan qochgan 12 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vataniga qaytarildi

Istanbulda uyidan qochgan 12 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vataniga qaytarildi

Istanbulda uyidan qochgan 12 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vataniga qaytarildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Istanbul shahrida 12 yoshli fuqaromiz (A.A.) onasi va o‘gay otasi bilan munosabatdagi qiyinchiliklar sabab uyidan qochib, mahalliy politsiyaga murojaat qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, uning onasi O‘zbekistondagi turmush o‘rtoğidan ajrashib, Istanbulga kelgach, imom nikoh asosida turk fuqarosiga turmushga chiqqan. Avvaliga farzandini buvisiga vasiylikka qoldirgan bo‘lsa-da, 2024 yil iyun oyida uni Turkiyaga olib kelgan. Biroq qonuniy hujjatlari bo‘lmagani sababli farzandini maktabga joylashtira olmagan. Shu sababli A.A. bir yildan ortiq vaqt davomida maktabga bormagan.

Politsiya tomonidan aniqlangach, fuqaromiz Bosh konsulxonaga olib kelingan. Uning ko‘rish qobiliyati yomonlashgani va tibbiy ko‘rikdan o‘tmaganligi ma’lum bo‘ldi. “O‘zbekiston madaniyati, birdamlik va hamkorlik” jamiyati hamda mahalliy diaspora yordami bilan A.A. tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, muolajalar oldi.

Shuningdek, u bilan o‘tkazilgan suhbatda A.A. katta orzulara ega ekani ma’lum bo‘ldi: maktabga bormagan bo‘lsa ham turk va ingliz tillarini mustaqil o‘rganib, bir nechta hunarlarni egallay boshlagan. U kelajakda maktabni tugatib, oliygohda tahsil olib, O‘zbekiston rivojiga hissa qo‘shishni niyat qilgan.

Ayni paytda A.A. yuritimizga qaytarilib, tegishli mutasaddi tashkilotlar yordami bilan o‘qishini davom ettirmoqda.

Bosh konsulxona mazkur ishda moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatgan “O‘zbekiston madaniyati, birdamlik va hamkorlik” jamiyati, “Uzbekistan Airways” Turkiya vakillari, O‘zbekistondagi voyaga yetmaganlar bilan ishlovchi idoralar hamda faol diaspora vakillariga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling