Valyuta kurslari 15/12/2025
$1 – 12097.93
UZS – 0,42%
€1 – 14194.50
UZS – 0,68%
₽1 – 151.77
UZS – -0,09%
Qidirish
Istanbulda “Gryaz” laqabi bilan tanilgan xavfli jinoyatchi qo‘lga olinib, O‘zbekistonga topshirildi

Istanbulda “Gryaz” laqabi bilan tanilgan xavfli jinoyatchi qo‘lga olinib, O‘zbekistonga topshirildi

Istanbulda “Gryaz” laqabi bilan tanilgan xavfli jinoyatchi qo‘lga olinib, O‘zbekistonga topshirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xodimlari tomonidan qo‘shma maxsus operatsiya o‘tkazilib, natijada xavfli jinoyatchi qo‘lga olindi va Vatanga qaytarildi.

2025 yil 5 dekabr kuni 1993 yilda tug‘ilgan Yo.M. O‘zbekistonga olib kelingan. U jinoiy doiralarda “Gryaz” laqabi bilan tanilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar maʼlumotlariga ko‘ra, ushbu shaxs jinoiy guruhga rahbarlik qilgan va respublika hududida bir qator og‘ir jinoyatlarni sodir etgan.2023-yilda u Yashnobod tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan qidiruvga berilgan.

Jinoyatchiga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir nechta moddalari bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan. Ular qatoriga qotillik bilan qo‘rqitish, uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan bosqinchilik, ayniqsa yirik miqdorda tovlamachilik, mol-mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikast yetkazish hamda jinoiy uyushma tashkil etish kiritilgan.

Ayni paytda Yo.M. keyingi protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun tergov organlariga topshirilgan.

Uni uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi kutib turibdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling