Istanbulda bir guruh O‘zbekiston fuqarolari, jumladan bloger Jasmin qo‘lga olindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ijtimoiy tarmoqlarda Istanbulda bir guruh O‘zbekiston fuqarolari hibsga olingani, jumladan, taniqli bloger Jasmin ham borligi haqida xabarlar tarqaldi.
O‘zbekistonning Turkiyadagi Bosh konsulligi hibsga olinganini tasdiqladi va vaziyatga izoh berdi.
Diplomatik missiya maʼlumotlariga koʻra, hibsga olish 29-sentabr kuni boʻlib oʻtgan. Ertasi kuni bir guruh oʻzbekistonliklar Maltepedagi yopiq jazoni ijro etish muassasasiga oʻtkazilgan.
Qo‘lga olinganlarning barchasi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq jinoyatlarga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Tergov tadbirlari davomida olingan ashyoviy dalillar ekspertiza uchun yuborilgan.
Hozirda tergov davom etmoqda.