Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
Istanbulda 17 yoshli O‘zbekiston fuqarosi YTHda halok bo‘ldi

Istanbulda 17 yoshli O‘zbekiston fuqarosi YTHda halok bo‘ldi

Istanbulda 17 yoshli O‘zbekiston fuqarosi YTHda halok bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turkiyaning bir qator OAV (jumladan, NOW telekanali) hamda ijtimoiy tarmoqlarda (“Turkiyadagi oʻzbeklar” kanalida) 17 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi Sattorov Samirjonning yoʻl-transport hodisasi oqibatida vafot etgani haqida xabar tarqatildi.

Aniqlanishicha, S.Sattorov 2025-yil 5-aprel kuni Istanbul shahrida YTH oqibatida ogʻir tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgani maʼlum boʻldi. Afsuski, koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, u 15-aprel kuni hayotdan koʻz yumgan.

Marhum 17-aprel kuni Samarqand viloyatida dafn etilgan.

Ta’kidlash joizki, marhumning oila a’zolari hodisa yuz berganidan keyin Bosh konsulxonaga bu haqda murojaat qilishmagan.

Olingan maʼlumotlarga koʻra, YTHni sodir etgan Turkiya fuqarosi hodisa joyidan yashiringan, biroq ertasi kuni pushaymonlik bildirib, politsiyaga taslim boʻlgan. Tekshiruv davomida uning qonida giyohvandlik moddasi aniqlangan. Ayni vaqtda u qamoqqa olinmagan boʻlib, sud majlisi 2025-yil 2-oktabr kuniga belgilangan.

Hozirda Bosh konsulxona tomonidan jabrlanuvchining oila aʼzolariga zarur konsullik-huquqiy yordam koʻrsatilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling