ISSV vaziri oʻrinbosari JICA bilan Oʻzbekistonda hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Shu yilning 5-sentabr kuni vazir o‘rinbosari Shoxrux Gulamov ISSVda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakolatxonasi rahbari Yoshibumi Bito bilan uchrashdi.
JICA O‘zbekistonda qyimati 5,5 milliard dollarga teng energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, infratuzilma, ta’lim va boshqa sohalardagi 50 ta loyihani amalga oshirmoqda. 2025-yilda energetika, transport, erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish, ta’lim, turizm va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi loyihalarni jadallashtirish maqsadida konsepsiyalar va loyiha oldi hujjatlarini tayyorlashga ko‘maklashish maqsadida JICAning 9 maslahatchilar guruhi va missiyalar mamlakatimizga keldi.
Muloqot chogʻida sogʻliqni saqlash, infratuzilma, sanoat sohalarida hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, tadbirkorlik, taʼlim va inson kapitalini oshirishga qaratilgan loyihalarni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Investitsiyalar sohasida hamkorlikni faollashtirish va O‘zbekiston iqtisodiyotiga qo‘shimcha resurslar jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.