ISSV va Xitoyning Dongfang Electric va Sinosure kompaniyalari energetika loyihalarini ishlab chiqishga kelishib oldilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Ilzat Kasimov Xitoyning “Dongfang Electric International Corporation” va “Sinosure” kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi.
Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energetika, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va sug‘urtalash sohalarida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
“Dongfang Electric International Corporation” Xitoyning eng yirik korporatsiyalaridan biri bo‘lib, to‘liq ishlab chiqarish sikliga ega energetika obyektlarini loyihalash va qurishga ixtisoslashgan.
Uchrashuv yakunida moliyaviy-texnik hamkorlikni mustahkamlash hamda yangi elektr uzatish tarmoqlarini qurish sohasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.