Valyuta kurslari 11/07/2025
$1 – 12634.34
UZS – -0,15%
€1 – 14821.34
UZS – -0,01%
₽1 – 162.37
UZS – 0,3%
Qidirish
Iqtisod 21/05/2025 ISSV va Vyetnamning ROX GROUP kompaniyasi Anglashuv Memorandumini imzoladi

ISSV va Vyetnamning ROX GROUP kompaniyasi Anglashuv Memorandumini imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — ISSV va Vyetnamning ROX GROUP kompaniyasi oʻrtasida yirik investitsiyaviy va qurilish loyihalarini amalga oshirish boʻyicha Oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi. 

Kelishuv doirasida Toshkent va Buxoro shaharlarida ko‘p funksiyali turar-joy majmualarini qurish rejalashtirilgan. Bu mamlakat shahar infratuzilmasini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi. 

ROX GROUP 1996-yilda tashkil etilgan Vyetnam kompaniyasi boʻlib, koʻchmas mulk, texnologiya, mehmonxona biznesi va moliyaviy xizmatlar ko'rsatishga ixtisoslashgan. U 2000 dan ortiq xodimga ega va o'zining xalqaro miqyosdagi, jumladan, Yevropa bozorlaridagi faoliyatini jadal kengaytirib bormoqda. 

Hujjatning imzolanishi O‘zbekiston-Vyetnam iqtisodiy aloqalarini mustahkamlashda yangi istiqbollarni ochib beradi, shuningdek, O‘zbekiston qurilish sanoatiga zamonaviy texnologiyalar va xalqaro tajribani jalb etishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling