Valyuta kurslari 24/11/2025
$1 – 11971.40
UZS – 0,48%
€1 – 13797.04
UZS – 0,45%
₽1 – 151.81
UZS – 2,39%
Qidirish
ISSV: Oʻzbekiston-Turkmaniston erkin savdo zonasi rivojlanmoqda

ISSV: Oʻzbekiston-Turkmaniston erkin savdo zonasi rivojlanmoqda

ISSV: Oʻzbekiston-Turkmaniston erkin savdo zonasi rivojlanmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turkmeniston Prezidenti Serdar Berdimuxamedovning O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolangan bitim doirasida ishga tushirilgan O‘zbekiston - Turkmaniston erkin savdo zonasi bugungi kunda faol rivojlanib bormoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining maʼlumotlariga koʻra, ushbu loyiha ikki davlat fuqarolari uchun erkin kirib-chiqish imkonini yaratib, o‘zaro savdo hajmining oshishi, milliy mahsulotlar targ‘iboti va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yangi sharoitlar yaratmoqda.

Savdo zonasi to‘liq quvvatda ishlamoqda: yuzlab do‘konlar ochilgan, bojxona posti ishlayapti, tovarlar va tashrif buyuruvchilarning uzluksiz harakati ta’minlanmoqda. Har ikki davlat fuqarolari erkin harakatlanib, xaridlar qilmoqda va mavjud infratuzilmalardan foydalanmoqda.

Xususan, majmuada xostel, 115 o‘rinli oshxona, tibbiyot punkti, sartaroshxona, 118 ta do‘konli yopiq savdo pavilyoni, 50 ta xizmat ko‘rsatish nuqtasi, 300 ta avtomobilga mo‘ljallangan avtoturargoh, shuningdek karantin, veterinariya va fitosanitariya xonalari, Milliy bank filiali, omborxona va konteyner omborlari ham faoliyat yuritmoqda.

Zonaning ishga tushirilishi O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi transchegaraviy savdoni kengaytirish hamda iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Ushbu yangi savdo markazi o‘zaro savdo hajmining oshishi, milliy mahsulotlarning targ‘ib qilinishi hamda chegaraning har ikki tomonidagi tadbirkorlikni rivojlantirish uchun real imkoniyatlar yaratib, biznes faoliyati uchun yangi ufqlarni ochmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling