Valyuta kurslari 10/02/2026
$1 – 12320.34
UZS – 0,14%
€1 – 14614.39
UZS – 0,73%
₽1 – 159.36
UZS – -0,25%
Qidirish
ISSV AIIB bilan xususiy sektorni moliyalashtirishni kengaytirish va yashil energiyani muhokama qildi

ISSV AIIB bilan xususiy sektorni moliyalashtirishni kengaytirish va yashil energiyani muhokama qildi

ISSV AIIB bilan xususiy sektorni moliyalashtirishni kengaytirish va yashil energiyani muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 10-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (AIIB) Prezidenti Zou Jiayi bilan ilk rasmiy uchrashuvni o‘tkazdi.

Vazir Bank Prezidentini lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, Markaziy Osiyoga amalga oshirilgan ilk tashrif ramziy ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston mintaqada AIIBning eng yirik hamkori bo‘lib qolmoqda - Bankning Markaziy Osiyodagi operatsiyalarining 51 foizi mamlakatimiz hissasiga to‘g‘ri keladi. Global miqyosda esa respublika operatsiyalar hajmi bo‘yicha 6-o‘rinni egallaydi.

Qo‘shma loyihalar portfeli 7 milliard AQSh dollaridan oshdi. 2024-yilda Samarqand shahrida AIIB Boshqaruvchilar kengashining 6-yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar 2030-yilgacha bo‘lgan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Jumladan, xususiy sektor uchun suveren bo‘lmagan moliyalashtirishni kengaytirish, DXSh loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, “yashil” energetikani rivojlantirish hamda “Qashshoqlikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida vazir AIIB Prezidentini 2026-yil 16–19-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga taklif qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling