“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ stipendiyasi g‘oliblari aniqlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan joriy etilgan stipendiya dasturi doirasida energetika sohasidagi istiqbolli mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirishga qaratilgan 2025–2026 o‘quv yili stipendiatlari aniqlandi.
Saralash jarayonlari natijasiga ko‘ra, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining magistratura bosqichida tahsil olayotgan quyidagi 3 nafar talabaning nomzodi munosib deb topildi:
Shodmonov Diyorbek Umid o‘g‘li – “Sanoat issiqlik energetikasi” fakulteti,
Bekbosinova Eleonora Amankeldi qizi – “Elektr texnik majmualar va tizimlar” fakulteti,
Saimov Sardorbek Dilshod o‘g‘li – “Energetika (issiqlik energetikasi)” fakulteti.
Bugungi kunda mazkur stipendiya yosh mutaxassislar uchun nafaqat moddiy rag‘bat, balki ularning kasbiy o‘sishiga keng imkoniyatlar yaratadi.
Stipendiatlarga “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan maxsus sertifikatlar tantanali marosimda topshirildi.