Valyuta kurslari 18/07/2025
$1 – 12658.19
UZS – -0,79%
€1 – 14672.11
UZS – -1,0%
₽1 – 161.44
UZS – -1,16%
Qidirish
Iqtisod 18/07/2025 Ispaniyaning Galenicum farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rejalashtirmoqda

Ispaniyaning Galenicum farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 17 iyul kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va Ispaniyaning “Galenicum” kompaniyasi vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Galenicum” - 2003 yilda Ispaniyaning Barselona shahrida tashkil etilgan xalqaro farmatsevtika kompaniyasidir. Kompaniya dori vositalarini yaratish - R&D, ishlab chiqarish, ro‘yxatdan o‘tkazish va distributsiya qilish kabi faoliyatning to‘liq sikllarini o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda “Galenicum” dunyo bo‘ylab 50 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritadi. Kompaniyaning yillik aylanmasi 300 million yevrodan ortiqni tashkil etib, 800 dan ziyod mutaxassisni ish bilan taʼminlagan.

Muloqot doirasida “Galenicum” kompaniyasi mamlakatimizdagi faoliyatini mahalliylashtirish, yaʼni dori vositalarini O‘zbekiston hududida ishlab chiqarishni tashkil etish, texnologik transferni amalga oshirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritish yo‘li orqali mahalliy farmatsevtika salohiyatini mustahkamlash hamda uzoq muddatli strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish niyatida ekanini bildirdi.

Agentlik direktori “Galenicum” kompaniyasining O‘zbekiston farmatsevtika bozoriga kirib kelish tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, ushbu jarayonda har tomonlama institutsional ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling