Valyuta kurslari 27/03/2026
$1 – 12179.87
UZS – 0,07%
€1 – 14079.93
UZS – -0,27%
₽1 – 148.52
UZS – -0,85%
Qidirish
Islomiy bank faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari belgilandi

Islomiy bank faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari belgilandi

Islomiy bank faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda islomiy bankingni joriy etishga qaratilgan yangi qonun qabul qilindi.

O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qonun qabul qilindi. «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi hujjat (2026 yil 27 martdagi O‘RQ-1126-son) mazkur sohani kompleks tarzda tartibga solishni nazarda tutadi.

Unga ko‘ra, bankning islomiy moliya operatsiyalari jumlasiga quyidagilar kiradi:

foydani taqsimlash sharti asosida mijozni moliyalashtirish yoki pul mablag‘larini investitsiyaviy omonatlarga jalb etish;

vakillik shartnomasi orqali pul mablag‘larini berish yoki investitsiyaviy omonatlarga jalb etish;

tovarni nasiyaga sotish orqali mijozni moliyalashtirish;

tovarlar uchun oldindan haq to‘lash orqali mijozni moliyalashtirish;

birgalikdagi faoliyatni (sherikchilik) amalga oshirish yoki yuridik shaxslarning ustav kapitalida ishtirok etish orqali mijozni moliyalashtirish;

mol-mulkni islomiy ijaraga berish (sotib olish huquqi bilan).

O‘zbekistonda bank faoliyatini amalga oshirishga ushbu Qonunda belgilangan tartibda tashkil etilgan va Markaziy bank tomonidan beriladigan tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar haqlidir.

Mazkur litsenziya amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi va litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish taqiqlanadi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling