Valyuta kurslari 16/09/2025
$1 – 12344.61
UZS – -0,66%
€1 – 14501.21
UZS – -0,45%
₽1 – 149.70
UZS – 1,86%
Qidirish
“Islom bank faoliyatini joriy etish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ma’qullandi

“Islom bank faoliyatini joriy etish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ma’qullandi

“Islom bank faoliyatini joriy etish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ma’qullandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugungi kunda moliya bozorida yangi moliyaviy mahsulot va xizmatlarni joriy qilish orqali aholi va tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish dolzarb vazifa hisoblanadi. Shu maqsadda qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish zarurati yuzaga kelmoqda.

Shundan kelib chiqib, O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqilmoqda.

Loyiha bilan Soliq va Fuqarolik kodekslari hamda 8 ta qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Xususan, qonunchilikka islomiy bank, moliya operatsiyalari va standartlari hamda investitsiyaviy depozit tushunchalarini kiritish taklif etilmoqda.

Qonun loyihasida islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani joriy qilish nazarda tutilib, mazkur litsenziyani olish bo‘yicha aniq talablar ham belgilanmoqda.

Shu bilan birga, islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega banklar tomonidan amalga oshiriladigan moliya operatsiyalari belgilab berilyapti.

Xalq vakillarining fikricha, qonun loyihasi an’anaviy moliyaviy xizmatlarga muqobil moliyaviy xizmatlarni joriy qilishga hamda moliyaviy ommaboplikni oshirishga qaratilgan.

Qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling