Valyuta kurslari 18/09/2025
$1 – 12254.27
UZS – -0,25%
€1 – 14516.41
UZS – 0,01%
₽1 – 147.89
UZS – -0,49%
Qidirish
“Ishonch” jamg‘armasi uzoq hududlardagi maktablar infratuzilmasini yaxshilash uchun $20 mln yo‘naltiradi

“Ishonch” jamg‘armasi uzoq hududlardagi maktablar infratuzilmasini yaxshilash uchun $20 mln yo‘naltiradi

“Ishonch” jamg‘armasi uzoq hududlardagi maktablar infratuzilmasini yaxshilash uchun $20 mln yo‘naltiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Ishonch” jamg‘armasi 20 million AQSH dollari miqdoridagi yangi tashabbusni ishga tushirdi. Loyiha uzoq hududlarda joylashgan 45 ta maktabda suv taʼminoti, sanitariya, isitish tizimlari va energiya samaradorligini modernizatsiya qilishga qaratilgan.

Bu tashabbus 31 mingdan ortiq bolani qamrab olib, ular uchun qulay va xavfsiz o‘quv sharoitlarini yaratadi. Moliyalashtirish korrupsiya bilan bog‘liq jinoyat ishlari doirasida O‘zbekistonga qaytarilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Ishonch” jamg‘armasi 2022 yilda Shveysariya va O‘zbekiston o‘rtasida o‘zbek xalqi manfaatlari yo‘lida noqonuniy yo‘llar bilan qo‘lga kiritilgan mulklarni qaytarish bo‘yicha restitutsiya kelishuvi doirasida tashkil etilgan.

Bugungi kunga qadar Jamg‘arma ixtiyorida 313 million dollar mavjud bo‘lib, ularning 87 million dollari sifatli sog‘liqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish dasturlariga yo‘naltirilgan.

Jamg‘arma faoliyati BMT va Aktivlarni qaytarish bo‘yicha Global forum (ГФАР) tamoyillariga asoslangan bo‘lib, ular ochiqlik, hisobdorlik, ishtirok va jamoat manfaatlarini himoya qilishni nazarda tutadi.

Uning bosh maqsadi — restitutsiya jarayoni amaliyotga yo‘naltirish, o‘z vaqtida va adolatli bo‘lishini hamda qaytarilgan mablag‘lar O‘zbekiston fuqarolariga sezilarli foyda keltirishini taʼminlashdan iborat.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling