Valyuta kurslari 15/01/2026
$1 – 12001.71
UZS – -0,38%
€1 – 13984.39
UZS – -0,56%
₽1 – 152.87
UZS – -0,27%
Qidirish
Iroqlik tadbirkorlar “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi imkoniyatlarini o‘rganish uchun Samarqandga tashrif buyurdi

Iroqlik tadbirkorlar “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi imkoniyatlarini o‘rganish uchun Samarqandga tashrif buyurdi

Iroqlik tadbirkorlar “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi imkoniyatlarini o‘rganish uchun Samarqandga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashqi bozorlarga chiqish, eksport hajmlarini oshirish va qo‘shni davlatlar bilan sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish bo‘yicha qator muhim topshiriqlar berilgan edi.

Xususan, Suriya, Iroq va Afg‘oniston bozorlarida 30 milliard dollarlik elektrotexnika, to‘qimachilik, oziq-ovqat, avtomobil, farmatsevtika va qurilish materiallariga bo‘lgan ehtiyoj mavjudligi qayd etilib, ushbu bozorlarga jadal kirib borish vazifasi qo‘yilgan.

Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida bugun Iroq tadbirkorlaridan iborat delegatsiya Samarqand shahriga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida mehmonlar “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyati bilan tanishmoqda.

Tadbirkorlar erkin iqtisodiy zonada yaratilgan shart-sharoitlar, soliq va bojxona imtiyozlari, infratuzilma imkoniyatlari hamda mahalliy korxonalarning ishlab chiqarish salohiyati bilan yaqindan tanishmoqda.

Bunday tashriflar viloyatda joriy yil uchun belgilangan 70 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish hajmlariga erishish va 25 mingta yangi ish o‘rni yaratish maqsadlariga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling