Valyuta kurslari 02/03/2026
$1 – 12172.18
UZS – 0,29%
€1 – 14357.09
UZS – 0,27%
₽1 – 157.45
UZS – -0,16%
Qidirish
Iroqlik tadbirkorlar Samarqandda to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdilar

Iroqlik tadbirkorlar Samarqandda to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdilar

Iroqlik tadbirkorlar Samarqandda to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand shahriga amaliy tashrif bilan kelgan Iroq tadbirkorlaridan iborat delegatsiya tashrif doirasida PARISA HOME («SAM RAFOAT TEKSTIL» MCHJ) korxonasida bo‘ldi. Ushbu korxona yuqori sifatli mahsulotlar va matolar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mahalliy ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi.

Tashrif davomida mehmonlar korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlari, mahsulotlar assortimenti, shuningdek sifatni taʼminlash va eksportga yo‘naltirilgan yondashuvlari bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollari, PARISA HOME mahsulotlarini Iroq bozoriga chiqarish imkoniyatlari hamda uzoq muddatli sheriklik shakllarini muhokama qildilar.

To‘qimachilik korxonasiga tashrif O‘zbekiston va Iroq tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri biznes aloqalarini mustahkamlash, eksport salohiyatini oshirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan dasturning muhim qismi bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling