Valyuta kurslari 13/01/2026
$1 – 12099.18
UZS – -0,27%
€1 – 14134.26
UZS – 0,07%
₽1 – 153.82
UZS – 0,18%
Qidirish
Iroqlik tadbirkorlar O‘zbekiston elektrotexnika sanoati salohiyati bilan tanishdilar

Iroqlik tadbirkorlar O‘zbekiston elektrotexnika sanoati salohiyati bilan tanishdilar

Iroqlik tadbirkorlar O‘zbekiston elektrotexnika sanoati salohiyati bilan tanishdilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Iroq Respublikasidan kelgan ishbilarmonlar delegatsiyasi Toshkent shahrida joylashgan “TEXNOPARK” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrifda Iroq Savdo vaziri Asir Dovud Salmon al-G‘urayriy ham ishtirok etdi.

TEXNOPARK 103,3 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, bu yerda umumiy qiymati 465 million AQSH dollariga teng 17 ta loyiha ishga tushirilgan.

Natijada 6 500 ta yangi ish o‘rni yaratilgan hamda 100 dan ortiq turdagi elektrotexnika va boshqa sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

TEXNOPARK hududida tashkil etilgan maxsus ko‘rgazma mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Unda 30 dan ortiq kompaniya tomonidan qariyb 400 ga yaqin mahsulot namunalari taqdim etildi.

Tashrif yakunida iroqlik ishbilarmonlar O‘zbekiston elektrotexnika sanoatining erishgan yutuqlari, mahsulotlar assortimenti va yirik investitsiya loyihalariga yuqori baho berib, kelgusida hamkorlik aloqalarini kengaytirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling