Valyuta kurslari 26/12/2025
$1 – 12078.47
UZS – 0,09%
€1 – 14234.48
UZS – -0,04%
₽1 – 155.23
UZS – 0,99%
Qidirish
Iroq bozori — o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar maydoni

Iroq bozori — o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar maydoni

Iroq bozori — o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar maydoni

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Iroq Respublikasiga amalga oshirilgan ishchi tashrif doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov, mamlakatimizning Iroqdagi elchisi Ayubxon Yunusov Kurdiston mintaqaviy hukumati Savdo va sanoat vaziri o‘rinbosari Sarvar Kamol Havariy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Kurdiston mintaqaviy hukumati hududida aholi soni taxminan 7 million nafarni tashkil etadi. Mintaqaning ichki bozori yillik 17 mlrd. dollariga teng import mahsulotlariga yuqori talabga ega bo‘lib, asosiy yo‘nalishlarga oziq-ovqat mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi xomashyosi, sanoat uskunalari, qurilish materiallari, maishiy texnika va kimyo mahsulotlari kiradi.

Uchrashuv davomida tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish, sanoat va investitsiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Iroq bozori O‘zbekiston tadbirkorlari uchun katta salohiyatga ega ekani, ushbu hududga kirish, mahsulot va xizmatlarni ilgari surish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida Iroq kompaniyalaridan iborat delegatsiyani yanvar oyida O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish hamda B2B uchrashuvlarni o‘tkazish taklif etildi. 

Hurmatli tadbirkorlar, Savdo-sanoat palatasi sizlarni ushbu bozor imkoniyatlaridan faol foydalanishga chorlab, amaliy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling