Iroq biznes-delegatsiyasi O‘zbekiston to‘qimachilik sohasining eksport salohiyati bilan tanishdi
Iroq biznes-delegatsiyasi O‘zbekiston to‘qimachilik sohasining eksport salohiyati bilan tanishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tashrif doirasida iroqlik tadbirkorlar delegatsiyasi uchun maxsus to‘qimachilik ko‘rgazmasi tashkil etildi, unda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning imkoniyatlari va salohiyati namoyon etildi.
Ekspozitsiyada tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, matolar hamda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tovarlar keng assortimenti taqdim etildi.
Ko‘rgazma ishtirokchilari mahsulotlar sifati, ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar va o‘zbek to‘qimachilik korxonalarining eksport salohiyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Bunday tadbirlarni tashkil etish “Made in Uzbekistan” brendi ostidagi mahsulotlarni ilgari surish, eksport hajmlarini kengaytirish hamda xalqaro sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.