Valyuta kurslari 23/12/2025
$1 – 12010.43
UZS – 0,12%
€1 – 14088.23
UZS – 0,26%
₽1 – 151.25
UZS – 1,82%
Qidirish
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekiston avtomobil bozoridagi joriy holat bo‘yicha tahlilni taqdim etdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekiston avtomobil bozoridagi joriy holat bo‘yicha tahlilni taqdim etdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekiston avtomobil bozoridagi joriy holat bo‘yicha tahlilni taqdim etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi joriy yil noyabr oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston avtomobil bozorining holatiga doir yangilangan tahlilni eʼlon qildi.

Taqdim etilgan maʼlumotlarga ko‘ra, noyabr oyida avtotransport vositalarining barcha toifalari bo‘yicha jami savdolar hajmi 101,1 ming donani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 foizga yuqori.

Hududlar kesimida barcha yengil avtomobillar savdosi o‘sish surʼati bo‘yicha Toshkent shahri (+33,7%) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (+8%) yetakchilik qildi.

Birlamchi avtomobil bozori

Birlamchi bozorda yengil avtomobillar savdosi yillik hisobda 15 foizga oshdi, bu o‘tgan yilning noyabr oyiga nisbatan taxminan 4,4 ming donaga ko‘pdir.

Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar segmentida realizatsiya hajmi taxminan 30 ming donani tashkil etib, yillik hisobda 13,6 foizga o‘sdi.

Xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi esa 5 ming donaga yaqin bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22,5 foizga yuqori qayd etildi.

Ikkilamchi avtomobil bozori

Ikkilamchi avtomobil bozorida noyabr oyida taxminan 52 mingta foydalanilgan yengil avtomobil realizatsiya qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8 foizga kam.

Shu bilan birga, poytaxtda foydalanilgan avtomobillar savdosi 1,4 barobarga oshdi va o‘tgan yil noyabriga nisbatan 3,4 mingtaga ko‘p avtomobil sotildi.

Bundan tashqari, ikkilamchi bozorda elektromobillar realizatsiyasi yillik hisobda 1,8 barobarga o‘sdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling