Valyuta kurslari 18/07/2025
$1 – 12658.19
UZS – -0,79%
€1 – 14672.11
UZS – -1,0%
₽1 – 161.44
UZS – -1,16%
Qidirish
Moliya 18/07/2025 “Ipoteka-bank” yarim yillik natijalarga ko‘ra 392,5 mlrd so‘m zarar ko‘rdi

“Ipoteka-bank” yarim yillik natijalarga ko‘ra 392,5 mlrd so‘m zarar ko‘rdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilning birinchi yarim yilligi yakuniga ko‘ra, “Ipoteka-bank” 392,5 milliard so‘m miqdorida sof zarar qayd etdi. Solishtirish uchun, o‘tgan yilning shu davrida bank 191,8 milliard so‘m sof foyda olgan edi.

Hisobot davrida bankning foizli daromadlari 7,2% ga o‘sib, 5,5 trln so‘mni tashkil etdi. Foizsiz daromadlar esa ancha yuqori surʼatda – 38,5% ga ko‘tarilib, 2,1 trln so‘mdan oshib ketdi.

Bank aktivlari olti oy ichida 3,5% ga o‘sib, 50,7 trln so‘mga yetdi. Biroq bank kapitali 10,6% ga qisqarib, 6,9 trln so‘mni tashkil qildi. Bu bankning moliyaviy barqarorligiga bosim kuchayganini ko‘rsatadi.

2025 yil 1 iyun holatiga ko‘ra, bankning kredit portfeli 35,4 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,4% ga kamaydi.

Shu bilan birga, muammoli kreditlar ulushining (NPL) o‘sishi kuzatilmoqda: 6,6% dan 9,5% gacha, bu bankning kredit siyosatidagi tavakkalchiliklar ortganini ko‘rsatishi mumkin.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling