Valyuta kurslari 06/10/2025
$1 – 12060.48
UZS – -0,32%
€1 – 14156.59
UZS – -0,47%
₽1 – 146.97
UZS – -1,3%
Qidirish
“Ipoteka-Bank“ $400 mlnlik yevroobligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

“Ipoteka-Bank“ $400 mlnlik yevroobligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

“Ipoteka-Bank“ $400 mlnlik yevroobligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Ipoteka-Bank“ (#IPTB) joriy yil 3-oktabr kuni Vena fond birjasida ikki turdagi obligatsiyalar emissiyasini bozorni barqarorlashtirish choralarini qo‘llash zaruratisiz muvaffaqiyatli yakunladi.

Bank 6,45% belgilangan stavka bilan $300 mln miqdoridagi 5 yillik taʼminlanmagan obligatsiyalar va 17,5% stavkali 1,2 trln soʻmlik 3 yillik taʼminlanmagan obligatsiyalarni muomalaga chiqardi.

Bitim xalqaro investorlarda katta qiziqish uyg‘otdi, bu esa dollar qismiga obunani 2,8 barobar, so‘m qismiga esa 3,4 baravar oshishiga olib keldi. bu O‘zbekiston tarixida milliy valyutadagi obligatsiyalar uchun eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.

Barqarorlashtirish koordinatori sifatida ishtirok etgan “J.P. Morgan Securities PLC“ tasdiqlashicha, hech bir transh bo‘yicha barqarorlashtirish tadbirlari o‘tkazilmagan (bu esa emissiya narxida taklif bozor talabini to‘liq qondirganini anglatadi).

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling