«Ipak Yo‘li» banki O‘zbekistonda dividend to‘lovlari bo‘yicha reytingda yetakchi bo‘ldi — 2025 yilda 66,1 mlrd so‘m
«Ipak Yo‘li» banki O‘zbekistonda dividend to‘lovlari bo‘yicha reytingda yetakchi bo‘ldi — 2025 yilda 66,1 mlrd so‘m
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston bank sektori aksiyadorlarga dividend to‘lash va investitsion majburiyatlarni bajarishda yuqori faollik namoyon etdi.
Markaziy depozitariy tizimi orqali amalga oshirilgan to‘lovlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, banklar tomonidan yo‘naltirilgan jami mablag‘larning asosiy qismi reytingdagi yetakchi banklar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Reytingning mutloq peshqadami - “Ipak Yo'li” banki bo‘lib, u 2025 yil davomida 66,1 mlrd so‘mlik dividend to‘lovlari bilan bozorda yaqqol ustunlikka ega. Bu ko‘rsatkich bankning xususiy investitsiyalarni jalb qilish va aksiyadorlar bilan ishlashdagi strategik yondashuvidan dalolat beradi.
Shuningdek, “Anor bank” (12,5 mlrd so‘m) va “Hamkorbank” (8,8 mlrd so‘m) ham dividend siyosatining barqarorligi bo‘yicha bozorda mustahkam mavqega ega ekanliklarini namoyon etmoqda.
Dividend to‘lovlarining Markaziy depozitariy orqali amalga oshirilishi kapital bozorining shaffofligini ta’minlovchi asosiy omildir. Banklarning dividend siyosatidagi bunday ochiqlik O‘zbekiston moliya bozorining ishonchlilik darajasini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.