Valyuta kurslari 03/10/2025
$1 – 12099.72
UZS – 0,13%
€1 – 14223.22
UZS – 0,18%
₽1 – 148.90
UZS – 1,49%
Qidirish
Iordaniyaning Dar Al Dawa kompaniyasi O‘zbekistonda dori-darmon ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va mahsulotlarni MENA mintaqasi mamlakatlariga eksport qilishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 30 sentyabr kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va Iordaniyaning yetakchi farmatsevtika kompaniyalaridan biri “Dar Al Dawa” rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda kompaniya O‘zbekistonda mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda texnologiya transferi asosida yuqori import hajmiga ega dori vositalarini ishlab chiqarish niyatini bildirdi. Shu maqsadda qator mahalliy kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazilayotgani taʼkidlandi.

Shuningdek, “Dar Al Dawa” O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan dori vositalarini MENA mintaqasiga eksport qilish va texnik yordam ko‘rsatishga tayyorligini maʼlum qildi. Kompaniya agentlik taqdim etgan maʼlumotlar bilan tanishgach, o‘zining texnik jamoasi bilan O‘zbekistonga tashrif buyurish rejasini bildirdi.

Uchrashuvda “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri va distribyutorlik markazining ahamiyati, shuningdek mamlakat farmatsevtika industriyasining jadal rivojlanishi masalalari muhokama qilindi. Iordaniyalik mehmonlar davlatning sohani qo‘llab-quvvatlash siyosati va tarmoqning rivojlanish surʼatlarini yuqori baholadilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling