Valyuta kurslari 21/11/2025
$1 – 11914.67
UZS – 0,03%
€1 – 13735.23
UZS – -0,36%
₽1 – 148.27
UZS – 0,53%
Qidirish
Iordaniya TIV rahbari O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi bilan ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Iordaniya vitse-premyeri, tashqi ishlar va muhojirlar ishlari bo‘yicha vaziri Ayman Safadiy seshanba kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sardor Umurzakovni qabul qildi. Bu haqda Jordan News Agency xabar berdi.

Uchrashuvda tomonlar Iordaniya qiroli Abdulla IIning o‘tgan oy O‘zbekistonga qilgan tashrifi va Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash yo‘llarini muhokama qildilar.

Suhbatdoshlar Iordaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona aloqalarning mustahkam asosga egaligini tasdiqlab, savdo, investitsiya, madaniyat, qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishga intilishlarini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling