Valyuta kurslari 30/06/2025
$1 – 12654.13
UZS – 0,54%
€1 – 14817.99
UZS – 0,4%
₽1 – 161.18
UZS – 0,47%
Qidirish
Iqtisod 03/02/2025 Iordaniya Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlik o‘rnatildi

Iordaniya Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlik o‘rnatildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 1–3-fevral kunlari Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Iordaniyaning Ammon shahrida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov Iordaniya Savdo-sanoat palatasi birinchi vitse-prezidenti Jamal Al-Rifai bilan uchrashdi.

Iordaniyaning sanoat salohiyati asosan farmatsevtika, kimyo sanoati, to‘qimachilik, o‘g‘itlar ishlab chiqarish va qurilish materiallari kabi sohalarda namoyon bo‘ladi. Mamlakat fosfat va kaliy zaxiralari bilan mashhur bo‘lib, ularning eksporti iqtisodiyotda muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, qayta ishlash va oziq-ovqat sanoati ham tez rivojlanmoqda.

Uchrashuvda davomida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, biznes tashriflar va qo‘shma tadbirlar tashkil etish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hamda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Iordaniya Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida ilk bor anglashuv to‘g‘risida memorandum imzolandi. Mazkur hamkorlik ikki mamlakat tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib, o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni o‘rnatishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling