Valyuta kurslari 06/02/2026
$1 – 12279.48
UZS – 0,11%
€1 – 14508.21
UZS – 0,11%
₽1 – 159.25
UZS – 0,11%
Qidirish
INTOP Qo‘shtepa tumanida mini-traktorlar ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasini taqdim etdi

INTOP Qo‘shtepa tumanida mini-traktorlar ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasini taqdim etdi

INTOP Qo‘shtepa tumanida mini-traktorlar ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasini taqdim etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoy Xalq Respublikasining “INTOP” kompaniyasi rahbari Li Yingtaoni qabul qildi.

Uchrashuv davomida Qo‘shtepa tumanida xitoylik investorlar ishtirokida mini traktorlar ishlab chiqarishga qaratilgan investitsion loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqotda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib, strategik sheriklik, o‘zaro do‘stlik va mustahkam ishonchga asoslangan hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilgani, Xitoy O‘zbekistonga eng ko‘p sarmoya kiritayotgan mamlakatlardan biri ekani qayd etildi.

Xususan, Farg‘ona viloyati va Xitoyning Shandun provinsiyasi o‘rtasida ham barqaror hamkorlik munosabatlari shakllanayotgani, viloyat delegatsiyasining Xitoyga amalga oshirgan tashriflari doirasida erishilgan kelishuvlar amaliy bosqichga o‘tayotgani, hududlararo o‘zaro manfaatli aloqalar kengayib borayotgani taʼkidlandi.

Kompaniya rahbari Li Yingtao rejalashtirilayotgan loyiha bo‘yicha maʼlumot berib, ishlab chiqarish quvvatlari, sarmoya hajmi hamda istiqbolda yaratiladigan ish o‘rinlari haqida maʼlumot berdi.

Viloyat hokimi ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlab, ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, eksportni kengaytirishga eʼtibor qaratishni taʼkidladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar loyihani amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kelishilgan rejalarni bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling