Valyuta kurslari 30/12/2025
$1 – 12025.33
UZS – -0,27%
€1 – 14162.23
UZS – -0,21%
₽1 – 155.25
UZS – 0,06%
Qidirish
Interpol tomonidan qidiruvda bo'lgan ikki sudlanuvchi Gruziyadan O'zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Interpol tomonidan qidiruvda bo'lgan ikki sudlanuvchi Gruziyadan O'zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Interpol tomonidan qidiruvda bo'lgan ikki sudlanuvchi Gruziyadan O'zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tbilisi shahri aeroportida Gruziyaning vakolatli organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi vakillariga yirik miqdordagi firibgarlik va odam savdosi jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvda boʻlgan ikki nafar shaxs topshirildi.

Interpol kanallaridan samarali foydalanish natijasida qidiruvda boʻlgan shaxslarning transchegaraviy harakatlari aniqlanib, ular Gruziya hududida qoʻlga olindi.

Keyinchalik, koʻp qirrali ishlar va yoʻlga qoʻyilgan ikki tomonlama hamkorlik natijasida Interpolning xalqaro maydonlarida boʻlib oʻtgan uchrashuv va muzokaralar chogʻida Toshkent va Tbilisi Milliy markaziy byurolari oʻrtasida qidiruvdagi shaxslarni Oʻzbekiston tomoniga topshirishga kelishib olingan edi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining qoʻllab-quvvatlashi va iltimosiga koʻra, tergov materiallari asosida Gruziya Adliya vazirligi tomonidan qidiruvdagi shaxslarni ekstraditsiya qilish toʻgʻrisidagi soʻrov qanoatlantirildi va ular Toshkentga olib kelinib, Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda jinoiy xatti-harakatlar sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish uchun IIB xodimlariga topshirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling