Valyuta kurslari 13/01/2026
$1 – 12099.18
UZS – -0,27%
€1 – 14134.26
UZS – 0,07%
₽1 – 153.82
UZS – 0,18%
Qidirish
“Intellektual mulk muhofazasi” portali ishga tushiriladi

“Intellektual mulk muhofazasi” portali ishga tushiriladi

“Intellektual mulk muhofazasi” portali ishga tushiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Intellektual faoliyat natijalarini rag‘batlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar 2026–2027 yillarda intellektual mulk sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi, jumladan:

mamlakatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan intellektual mulk obyektlari sonini 100 mingtaga yetkazish;

intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida texnologiyalaridan foydalanish orqali ekspertiza muddatlarini 2 barobarga qisqartirish.

Adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi” va “IP Protection” axborot portallari negizida quyidagilarni amalga oshirish imkonini beruvchi “Intellektual mulk muhofazasi” portali ishga tushiriladi:

intellektual mulk masalalariga oid murojaatlarni qabul qilish;

intellektual mulk obyektlari bilan bog‘liq shartnomalarni onlayn tuzish.

kontrafakt tovarlar hamda intellektual mulk huquqlarini buzganligi uchun faoliyati cheklangan veb-saytlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni joylashtirish.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling