Valyuta kurslari 11/08/2025
$1 – 12672.81
UZS – 0,63%
€1 – 14753.69
UZS – 0,38%
₽1 – 158.89
UZS – 0,25%
Qidirish
O‘zbekiston 11/08/2025 Intellektual mulk huquqiy jihatdan ishonchli tarzda himoya qilinadi

Intellektual mulk huquqiy jihatdan ishonchli tarzda himoya qilinadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Mazkur Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni soddalashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, sanoat mulki obyekti ro‘yxatga olinganda patent talabnoma beruvchiga avtomatik tarzda elektron tizim orqali yuborilishi belgilandi.

Ilgari Sanoat mulki obyektiga patent berish obyekt ro‘yxatga olinganligi haqidagi maʼlumotlar rasmiy axborotnomada eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran 10 kun o‘tganidan keyin amalga oshirilishi belgilangan edi.

Shuningdek, qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi nazarda tutildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling