Valyuta kurslari 04/03/2026
$1 – 12209.86
UZS – 0,16%
€1 – 14170.76
UZS – -0,93%
₽1 – 157.53
UZS – 0,03%
Qidirish
Inson qadri ulug' shahar: jamoat transporti infratuzilmasiga tizimli yondashuv

Inson qadri ulug' shahar: jamoat transporti infratuzilmasiga tizimli yondashuv

Inson qadri ulug' shahar: jamoat transporti infratuzilmasiga tizimli yondashuv

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda yo‘lovchi oqimi ortib bormoqda. Shaharliklar jamoat transportini tobora ko‘proq tanlayapti — buning ortidan qulaylik, xavfsizlik va xizmat sifatiga bo‘lgan talab ham tabiiy ravishda yuksalmoqda.

Davlat transport tizimini izchil ravishda kuchaytirmoqda: avtobuslar parki kengaymoqda, yo‘nalishlar va infratuzilma yangilanmoqda. Bu o‘zgarishlar o‘z navbatida qulay bekatlar, xavfsiz platformalar, tushunarli navigatsiya va tutash hududlardagi tartib kabi tegishli shahar muhitini taqozo etadi.

Poytaxtdagi bekat infratuzilmasini tartibga solish va yangilash bo‘yicha o‘tgan yili boshlangan ishlar bugun ham davom ettirilmoqda. Raqamli transport markazi tashkil etilganidan buyon bu vazifa yangi markaz mutaxassislari va xodimlari tomonidan muvofiqlashtirib kelinmoqda.

Avvalroq, YHTEM mutaxassislari poytaxtning eng tirband 472 km avtomobil yo‘lini aniqlagani va ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar boshlangani haqida xabar bergan edik.

Birinchi bosqichda 100 kmlik masofa qamrab olindi: 360 dan ortiq bekat va 190 ta katta-kichik chorraha xatlovdan o‘tkazildi.

O‘tkazilgan audit natijalari jamoat transporti yo‘nalishida bekatlar o‘rnida xalq tilida “tijorat do‘konlari” deb ataladigan 110 ta savdo obyekti joylashganini ko‘rsatdi. Ulardan 61 tasi bekat majmuasi hududiga egalik qilish va uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eta olmagan. Ularning faoliyatiga huquqiy baho berilib, tegishli choralar ko‘riladi.

Shahar ma’muriyatining tegishli qaroriga asosan barcha bekatlar yangilanadi. Ruxsat beruvchi hujjatlarga ega tadbirkorlarga savdo nuqtalarini o‘rnatish uchun boshqa joy ajratish orqali kompensatsiya to‘lash mexanizmi ko‘zda tutilgan.

Jahon amaliyoti ko‘rsatganidek, jamoat transporti bekatlarining zamonaviy konsepsiyalari bekat hududida savdo obyektlarining bo‘lmasligini, yo‘lovchilarning transportni erkin va xavfsiz kutishini, platformalarning yetarlicha keng bo‘lishini hamda tirbandlik yuqori bo‘lganda ularni kengaytirish imkoniyatini, shuningdek, inklyuziv muhit yaratilishini nazarda tutadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling