Valyuta kurslari 19/11/2025
$1 – 11940.70
UZS – -0,58%
€1 – 13839.27
UZS – -0,68%
₽1 – 147.40
UZS – -0,27%
Qidirish
“INSON FAXRI” milliy mukofoti o‘z egalariga topshirildi

“INSON FAXRI” milliy mukofoti o‘z egalariga topshirildi

 

“INSON FAXRI” milliy mukofoti o‘z egalariga topshirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xalqaro forumlar saroyida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tashkil etilgan “INSON FAXRI” milliy mukofoti bilan tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash marosimida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi – jamiyatimizda insoniy qadriyatlarni ulug‘lash, turli sohalarda namunali faoliyat ko‘rsatib, boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan insonlarning mehnatini keng jamoatchilikka yetkazish va ularni davlat tomonidan munosib rag‘batlantirishdir.

Yurtimizning turli hududlarida mehnat qilayotgan, bir qarashda oddiy ko‘ringan, ammo jamiyat ravnaqiga beqiyos hissa qo‘shayotgan insonlar ushbu mukofotning bosh qahramonlariga aylandi.

Tanlov doirasida mutasaddilar tomonidan bir yil davomida mamlakat bo‘ylab insonparvarlik, jasorat, fidoyilik va ezgulikni o‘zida mujassam etgan yuzlab taʼsirli hikoyalar to‘plandi. Ular orasida o‘z faoliyati bilan atrofdagilarga ilhom berayotgan, jamiyatdagi murakkab muammolarni hal qilishga hissa qo‘shayotgan, yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berib kelayotgan fidoyi insonlar bor.

Marosim davomida turli sohalarda alohida jasorat, mardlik va fidoyilik namoyon etgan, shuningdek, O‘zbekistonning taraqqiyotiga o‘zining amaliy hissasini qo‘shayotgan insonlarning hikoyalari taqdim etildi va ular “INSON FAXRI” mukofoti bilan taqdirlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling