Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
Iqtisod 03/04/2025 Ilhom Turayev “Issiqlik ta’minoti” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi

Ilhom Turayev “Issiqlik ta’minoti” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlatimiz rahbarining "Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta'minlash sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga asosan Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi huzurida "Issiqlik ta'minoti" aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi.

Hukumat qarori bilan Turayev Ilhom Habibullayevich "Issiqlik ta'minoti" AJ boshqaruv raisi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar Ilhom Turayev Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi Issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish va ekspluatatsiya faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling