Ijtimoiy taksi yana 11 shaharda: endi nogironligi bo‘lgan bolalar maktabga bepul va xavfsiz yetib olishlari mumkin — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 11/09/2025
$1 – 12360.86
UZS – 0,05%
€1 – 14479.51
UZS – -0,41%
₽1 – 145.66
UZS – -1,9%
Qidirish
Ijtimoiy taksi yana 11 shaharda: endi nogironligi bo‘lgan bolalar maktabga bepul va xavfsiz yetib olishlari mumkin

Ijtimoiy taksi yana 11 shaharda: endi nogironligi bo‘lgan bolalar maktabga bepul va xavfsiz yetib olishlari mumkin

Ijtimoiy taksi yana 11 shaharda: endi nogironligi bo‘lgan bolalar maktabga bepul va xavfsiz yetib olishlari mumkin

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Nogironligi bo‘lgan maktab yoshidagi bolalar uchun mo‘ljallangan ijtimoiy taksi xizmati yana 11 ta shaharda faoliyat boshladi. 2025 yilning bahorida Toshkent, Samarqand va Andijonda sinov sifatida ishga tushirilgan ushbu loyihaga endi Buxoro, Qarshi, Farg‘ona, Urganch, Qo‘qon, Jizzax, Namangan, Navoiy, Nukus, Guliston va Xiva shaharlari ham qo‘shildi. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Mahalliy ijtimoiy himoya agentligi tomonidan Yandex Uzbekistan hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida nogironligi bo‘lgan maktab o‘quvchilari taksi orqali maktabga va uyga bepul yetib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Transport xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi — har bir bola uchun oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 1,2 baravari (494 400 so‘m) miqdorida. Imtiyoz berish shartlariga qarab, safar narxining 60% yoki 100% qismi qoplanadi.

Agentlikning ta’kidlashicha, ushbu tashabbusning maqsadi — nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun maktabga xavfsiz va qulay yetib borishni ta’minlash, shu bilan birga ularning oilalariga qo‘shimcha yordam berishdir.

“Yangi shaharlarda ijtimoiy taksi xizmati yo‘lga qo‘yilishi — davlat va xususiy sektor hamkorligining muhim natijasidir. Bu faqat transport xizmati emas, balki bolalarning jamiyat hayotida to‘liq ishtirok etishi uchun sharoit yaratishdir”.

Buyurtmalar Yandex Go ilovasi orqali amalga oshiriladi. Foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida «Nogironlik aravachasida bo‘laman», «Yordam kerak» kabi maxsus funksiyalar mavjud. Haydovchi bu ma’lumotlarni oldindan oladi va mos ravishda tayyorgarlik ko‘radi.

Yandex Go xizmat ko‘rsatish uchun ushbu buyurtmalardan hech qanday komissiya yoki foyda olmaydi. Davlat tomonidan to‘lanadigan mablag‘ to‘liq haydovchilarga yetkaziladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling