Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va taʼmirlash jamg‘armasi tashkil etiladi

Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va taʼmirlash jamg‘armasi tashkil etiladi

Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va taʼmirlash jamg‘armasi tashkil etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Taʼlim, sog‘liqni saqlash va sport tizimini barqaror rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, ijtimoiy soha obyektlarini qurish va taʼmirlashni moliyalashtirish maqsadida Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va taʼmirlash jamg‘armasi tashkil etiladi.

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarga yo‘naltiriladi:

umumtaʼlim maktablari, tibbiyot va sport muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirish;

taʼlim, tibbiyot va sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy jihozlar, o‘quv va tibbiy anjomlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlash;

boshqa ijtimoiy yo‘nalishlardagi qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling