Valyuta kurslari 28/11/2025
$1 – 11902.30
UZS – 0,17%
€1 – 13780.48
UZS – 0,23%
₽1 – 152.18
UZS – 0,75%
Qidirish
Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni “Ona uyi” resurs markaziga yo‘naltirish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha reglament tasdiqlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda “Ona uyi” resurs markazi o‘rtasida ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni yo‘naltirish va ularga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilaydigan ikki muhim Reglament tasdiqlandi.

Mazkur tartibga ko‘ra, ijtimoiy yetimlikning oldini olish maqsadida turar joyi yo‘q, moddiy imkoniyati chegaralangan, oila yoki turmush o‘rtog‘i tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydigan, farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo‘lgan, shuningdek turmush o‘rtog‘i yoki bir ro‘zg‘orda yashayotgan yaqin qarindoshlari tomonidan zo‘ravonlikka uchragan og‘ir hayotiy vaziyatdagi ayollar resurs markaziga yo‘naltiriladi.

Resurs markazi 16 yoshdan katta, biroq 40 yoshdan oshmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni homiladorlikning oxirgi uch oyligidan boshlab, shuningdek 6 yoshga to‘lmagan farzandlari bilan birga to‘qqiz oygacha bo‘lgan muddatga shartnoma asosida qabul qiladi.

Markazga qabul qilingan ayollar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmatlar bepul asosda ko‘rsatiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling