Valyuta kurslari 17/09/2025
$1 – 12285.16
UZS – -0,48%
€1 – 14514.92
UZS – 0,09%
₽1 – 148.62
UZS – -0,72%
Qidirish
Ijtimoiy himoya milliy agentligi demensiya va Parkinson kasalligiga chalingan odamlarga qarash xizmatlarini yo‘lga qo‘yadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ijtimoiy himoya milliy agentligiga demensiya va Parkinson kasalligiga chalingan odamlarga qarash xizmatlarini tashkil etish topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bag‘ishlangan yig‘ilishda maʼlum qildi.

Yig‘ilishda so‘nggi uch oy davomida «Faol hayotga qadam» dasturi doirasida Namanganda 48 nafar tadbirkor yordamga muhtoj qariyalarga qarash xizmatlarini yo‘lga qo‘yib, uch mingdan ortiq insonga xizmat ko‘rsatgani taʼkidlandi.

Natijada qariyalarga qarash bilan shug‘ullangan 350 nafar xodim ishga joylashish va daromad olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligiga qarash xizmatlarini kengaytirish hamda demensiya va Parkinson kasalligiga chalingan odamlarga qo‘llab-quvvatlashni taʼminlash topshirildi.

Alohida eʼtibor cheklangan imkoniyatli bolalar uchun reabilitatsiya va pedagogik dasturlarni joriy etishga, kunduzgi parvarish xizmatlarini to‘ldirishga qaratilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling