Valyuta kurslari 14/10/2025
$1 – 12149.55
UZS – 0,07%
€1 – 14087.40
UZS – 0,24%
₽1 – 150.44
UZS – 0,69%
Qidirish
Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegatsiyasi Turkiyaning imkoniyati cheklangan shaxslar bilan ishlash tajribasini o‘rgandi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegatsiyasi Turkiyaning imkoniyati cheklangan shaxslar bilan ishlash tajribasini o‘rgandi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegatsiyasi Turkiyaning imkoniyati cheklangan shaxslar bilan ishlash tajribasini o‘rgandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 7-10-oktabr kunlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegatsiyasi Turkiyaning Anqara shahrida xizmat safarida boʻldi.

Tashrif davomida Turkiya Oila va ijtimoiy xizmatlar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish va ular uchun ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish sohasidagi faoliyati yuzasidan davra suhbatlari oʻtkazdi.

Shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan internat muassasalar va xususiy markazlar faoliyati bilan tanishildi.

Qolaversa, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun kunduzgi parvarish va autistik spektrida buzilishlari boʻlgan bolalar uchun erta aralashuv xizmati faoliyatini oʻrgandi va ruhiy salomatligida buzilishlari boʻlgan shaxslar uchun tibbiy va ijtimoiy xizmatlarni kompleks yondashuv asosida tashkil etish boʻyicha pilot loyiha faoliyatini oʻrganildi va natijalari muhokama etildi.

Turkiyaning ushbu yo'nalishdagi tajribasi Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun yangi ijtimoiy xizmatlarni yoʻlga qoʻyish va mazkur yoʻnalishdagi normativ-huquqiy hujjatlarni hamda “Muruvvat” internat uylari faoliyatini takomillashtirishda muhim rol oʻynaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling