Ichki ishlar vazirligi va UNICEF jinoyatchilikning oldini olish bo'yicha qo'shma loyihalarni muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparatida Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik Nilufar Giyasova, xizmatning masʼul xodimlari, vazirlik Xalqaro hamkorlik boshqarmasi hamda UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari Antoniya Lyudeke va Safinas Axayevalar ishtirokida navbatdagi hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda ikki tomon vakillari 2025–2026-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan fikr almashdilar.
Rejaga muvofiq, 2026-yilning yakuniga qadar xotin-qizlar, voyaga yetmaganlar va yoshlarda huquqiy bilimlarni shakllantirish hamda joylarda xizmat olib borayotgan xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlar, profilaktika inspektorlari va inspektor-psixologlarning bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar tashkil etish rejalashtirilgan.
Uchrashuv yakunida yuqorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha aniq ishlar rejasi belgilab olindi.