Valyuta kurslari 30/10/2025
$1 – 11990.53
UZS – -0,12%
€1 – 13959.38
UZS – -0,24%
₽1 – 150.71
UZS – 0,33%
Qidirish
Ichki ishlar vazirligi va DXX kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari ishlab chiqaruvchi yashirin laboratoriyani fosh etdi

Ichki ishlar vazirligi va DXX kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari ishlab chiqaruvchi yashirin laboratoriyani fosh etdi

Ichki ishlar vazirligi va DXX kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari ishlab chiqaruvchi yashirin laboratoriyani fosh etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida “zakladka” tizimi orqali kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarini tarqatish bilan shug‘ullangan yirik jinoiy guruh aʼzolari qo‘lga olindi.

22 oktyabr kuni Ichki ishlar vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan qo‘shma maxsus operatsiya davomida guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Uchtepa tumanida to‘xtatilgan avtomashinani tekshirish jarayonida ikki nafar gumonlanuvchidan 350 dan ziyod pregabalin qutilari va 25 dona tropikamid vositalari topildi. Bu moddalar kuchli taʼsir etuvchi vositalar toifasiga kiradi va ko‘p hollarda noqonuniy aylanmada ishlatiladi.

Keyingi tezkor harakatlar natijasida guruhning yana ikki aʼzosi qo‘lga olindi. Aniqlanishicha, ular Yashnobod tumanidagi uylardan birida yashirin laboratoriya tashkil etib, u yerda man etilgan vositalarni tayyorlagan.

Tintuv davomida taxminan 50 kilogramm pregabalin, 2 kilogramm tropikamid, tayyor dozalar, xomashyo, minglab flakon va kapsulalar hamda laboratoriya jihozlari musodara qilindi.

Ichki ishlar vazirligi fuqarolarni hushyorlikka chorlab, noqonuniy dori vositalari yoki kuchli taʼsir etuvchi moddalar aylanmasi bilan bog‘liq holatlar haqida Stopnarkobot Telegram-kanali orqali xabar berishga chaqirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling