Ichki ishlar vazirligi akademiyasida EU-ACT dasturi bilan hamkorlik muhokama qilindi
Ichki ishlar vazirligi akademiyasida EU-ACT dasturi bilan hamkorlik muhokama qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yevropa Ittifoqining EU-ACT dasturi Markaziy Osiyo va boshqa mintaqalarda terrorizm, ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik, giyohvand moddalarga qarshi kurashishga qaratilgan loyiha hisoblanadi.
Loyiha huquqni muhofaza qiluvchi organlar salohiyatini oshirish, ilgʻor yondashuvlarni amaliyotga tatbiq qilish, mintaqaviy hamkorlikni muvofiqlashtirishga koʻmaklashadi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi hamkorlikning dolzarb yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Loyiha doirasida hamkorlikni rivojlantirish ilgʻor tajribalarni oʻrganish, kadrlar salohiyatini oshirish, kelgusida qoʻshma tadbirlarni tashkil etish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishida mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy chaqiriqlar va tendensiyalarni hisobga olgan holda taʼlim jarayonlarini takomillashtirish zarurligi qayd etildi.
Shu kuni mehmonlarga taʼlim muassasasi faoliyati ham taqdimot qilindi.